Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Asad — ekiningni yasat!

Asad — ekiningni yasat!
Bugundan quyosh asad burjiga kirdi. Bu pallada dehqonning mehnati ko‘zga ko‘rinadi, ammo mas’uliyati yanada ortadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz “asad — ekiningni yasat!” — deb aytgan bo'lsa kerak. Ajdodlarimiz bu naql orqali asad oyidagi dehqonchilik ishlarini jiddiy, puxta va hisob-kitob bilan yuritish kerakligini uqtirgan. Bu so‘zlar ortida hayotiy haqiqat yotadi: • Asad — issiqlik avj oladigan, • Suv tanqis bo‘ladigan, • Har kuni e’tibor talab qiladigan palla. Shu bois bu oyda: Sug‘orishni reja asosida tashkil etish Tuproqda namlikni saqlash Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish Yetilayotgan hosilni asrab-avaylash va o‘z vaqtida terib olish — asosiy vazifalardan. “Yasat” degani — ekinni o‘ziga tashlab qo‘ymaslik, Unga qarash, himoya qilish va yig‘im-terimga tayyorlash demakdir. Yana bir gap: asad oyidan boshlab qovun-tarvuzlar tabiiy ravishda pisha boshlaydi. Uning haqiqiy mazasini faqat mana shu oydan boshlab to‘liq his qilish mumkin. Bu ma’lumotni dehqon do‘stlarimiz bilan bo‘lishamiz! Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang! https://t.me/dehqongayordam #asadOyi #EkiningniYasat #HosilPallasi #QishloqXo‘jaligi #DehqongaYordamchi

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.