Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AQSHning eng nufuzli universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

AQSHning eng nufuzli universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–40-son Farmoni ijrosi doirasida agrar sohada yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Farmon ijrosi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mas’ullari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirokida AQSHning eng nufuzli universitetlari vakillari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reytingining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallagan University of California, Davis Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit fanlari kolleji dekani o‘rinbosari, Jahon oziq-ovqat markazi direktori Ermias Kebreab hamda ushbu reytingda 11-o‘rinni egallagan Texas A&M University huzuridagi Norman E. Borlaug nomidagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi instituti direktori Elsa A. Murano ishtirok etdi. Muzokaralar davomida “ustoz-shogird” tizimi asosida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va transfer qilish, shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida iqtidorli talabalarni mazkur universitetlarning magistratura va doktorantura dasturlariga yuborish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda malaka oshirish, tajriba almashish hamda ilg‘or ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.