Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aqlli tomorqa” test bosqichida: bodring bilan ilk tajriba

Aqlli tomorqa” test bosqichida: bodring bilan ilk tajriba
Ayni daqiqalarda “Aqlli tomorqa” loyihasi muallifi, iqtidorli yosh Abdulloh Jamoliddinov Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Qishloq xo‘jaligi mas’ullari va olimlari bilan uchrashmoqda. Uchrashuv davomida loyiha bo‘yicha institut tomonidan ajratilgan yer maydonlari ko‘zdan kechirilmoqda. Shunga asosan, loyihani test rejimida boshlash va dastlabki texnik yechimlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amaliy maslahatlar olib borilmoqda. Dastlabki bosqichda loyihani bodring etishtirisda tatbiq qilishga kelishib oldi. Bu orqali “aqlli” yechimlarning samaradorligi tekshiriladi. Jumladan, avtomatlashtirilgan sug‘orish, sensorlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi. Eslatma: “Aqlli tomorqa” loyihasi joriy yil “Yoshlar kuni”da Prezidentimiz bilan muloqot davomida taqdim etilgan bo‘lib, uni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.