Andijondan so’ng Sirdaryoda ham sholi o'rildi

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Janubiy Koreya Respublikasining Oʼzbekistondagi “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda asosiy va takroriy sholi koʼchati bo'yicha mexanizatsiyalashgan usulda sholi ekilib, bir yilda ikki marotaba hosil olish boʼyicha ilmiy sinovlari oʼz natijasini bermoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi "Ozodbek Shavkat" fermer xo'jaligida sholidan yiliga ikki marta hosil olish bo’cha amalga oshirilayo’tgan tadqiqot dastlabki natijasini berdi.
Bir gektar maydonga ekilgan sholi o'rilib, shu joyning o'zida ikkinchi hosil uchun sholi ko'chatlari mexanizatsiya usulida ekildi.
Amaliy seminar tarzida o'tkazilgan o'rim ishlarida viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi, viloyat agroxizmatlar markazi mutaxassislari, sholikor fermerlar, soha olimlari ishtirok etdi.
Erta bahordan issiqxonada sholining mahalliy oʼrtapishar “Iskandar” navining 30-35 kunlik koʼchati tayyorlanib, aprel oyida asosiy maydonga ekilgan edi.
Ayni kunda pishib etilgan hosil o'rib olinib, peshma-pesh sholining ertapishar "Guliston" navining 25 kunlik tayyor koʼchatlari takroriy ekildi. Yil yakunida esa umumiy olingan hosil 110-120 s/ga yetishi kutilmoqda.
Ushbu texnologiyada 40 foizgacha suv (9-10 ming m3/ga), 70 foizgacha (120 kg/ga) urugʼlik tejashga erishiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube