AndijonAKIS

Joriy yilning 26-iyul kuni Akademik M. Mirzayev nomli BU va VITI Andijon ilmiy tajriba stansiyasida "Urug'li va danakli mevalarni payvandlash hamda parvarishlash" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Andijon viloyat Agroxizmatlar markazi mutaxassislari, ilmiy tajriba stansiyalarining xududiy bo'lim direktorlari, xorijiy ekspertlar hamda soxaga aloqador tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar davomida Hindiston Respublikasidan tashrif buyurgan soxa olimlari so'z olib, O'zbekistonda bugungi kunda ko'chatchilikka, bog'dorchilikka qaratilayotgan e'tibor, innovatsion yangiliklarni keng qo'llab quvvatlanayotganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o'tdi. Yosh olimlar ham o'z bilimlari bilan tajriba almashishdi.
Yakunda mana shunday ilmiy-amaliy uchrashuvlarni muntazam o'tkazishga kelishib olindi.
Bizni ijtmoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
@AKIS_Andijon
Murojaat uchun:
+99874 373 11 26