Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Andijon

Andijon
⌛Xabaringiz bor, hududiy Agroxizmatlar markazlari tomonidan joriy yilning 23-25 sentabr kunlari xorijiy g'o‘za navlari ekilgan maydonlarda seminar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Rejaga muvofiq, bugun Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Halimjon saxovat nuri” fermer xo'jaligi maydonida dala seminari tashkil etildi. Seminarda Andijon viloyati Agroxizmatlar markazi rahbari, viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, viloyat Agroinspeksiya mas'ul xodimlari, Oltinkoʻl tumani hokimi, tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman sektor rahbarlari, fermer xoʻjaligi rahbarlari va tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Ushbu fermer xo’jaligining 35 gektar yer maydonida Xitoyning “Xin Lu Zhong - 52” navi parvarish qilingan. Nav Andijon, Toshkent, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining katta hududlarida ekilgan. ⏺Navning ustunlik jihatlari: - koʻsak qurti tushmaydi; - gerbisidga chidamli; - to‘liq unib chiqadi; - barg sathi kichikligi hisobiga koʻchat soni koʻp. Biz fermer xoʻjaligi rahbari Bobur Mirzo Umarovning fikrlari bilan qiziqdik. "Menga nav ma'qul keldi. Hosildorligi yuqori. Gektariga 60 sentnerdan hosil olyapmiz. Bilasizmi, bu nav tuproq shoʻrlanishiga chidamli, oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi. Ildiz chirish, vertitsillyoz va vilt kasalliklariga ham bardoshli. Kelgusi yilda ham shu navni kengroq maydonlarga ekishni reja qilyabman", - deydi Bobur Mirzo Umarov. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.