AMARANT O'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI

Amarant o'simligini "Xitoy ismalog'i" deb ham atashadi. Garchi bu nomi ko‘pchilikka notanish bo‘lsa-da, uning davo xususiyatlari tibbiyotda maʼlum.
Amarantni yetishtirish agrar sohani siderat va serhosil yem-xashak ekin turi bilan boyitish, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika sohalarida yangi yo‘nalishlarni ochish, asosiysi, tuproqning tabiiy unumdorligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
⏩Ushbu o‘simlik bir yillik hisoblanib, bo‘yi 2-3 metr keladi. Poyasining yo‘g‘onligi 8-10 santimetr, bargi cho‘ziq va ellipssimon bo‘lib, poyaga uzun bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, ko‘rimsiz bo‘lib, yirik yarim metrgacha boradigan supurgisimon gul to‘plamini hosil qiladi.
Amarantning bargida 30 foizgacha oqsil modda va 270-350 mg koratin mavjud. Ularning tarkibida riboflovin, vitaminlar, askorbin kislota, K, E, D va boshqa vitaminlar bor.
⌛Amarant moyi me‘da va ichak yaralarini davolash xususiyatiga ega bo‘lib, teri kasalliklari, qirqilgan yaralarni bitishini tezlashtirish uchun va nur kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda, diabet, ishemik va saraton kasalliklarini davolashda, qon bosimini me'yorlashtirishda samarali natija beradi. Amarantning ildizi esa enurez va kamqonlik kabi kasalliklarga yaxshi shifo beradi. Uning moyi chakanda moyidan qolishmaydi.
Hozirda O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida amarantning 39 ta nav-namunalari mavjud.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube