Amaliy_hamkorlik

INNOVASION G'OYALAR ASOSIDA PAXTA YETISHTIRISH BO‘YICHA TAJRIBALAR BILAN TANISHILDI
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi Buxoro viloyati agroxizmatlar markazi mutaxassislari Buxoro irrigasiya va meliorasiya institutining o‘quv tajriba xo'jaligida bo‘lib, institut professor o'qituvchilari bilan birgalikda olib borayotgan ilmiy loyihalar, ilm-fan yutuqlari va innovatsion g‘oya asosida paxta yetishtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Institutda innovasion g‘oya asosida paxta yetishtirishda suvni o‘n barobar kam sarflab, mineral o‘g‘it kiritmasdan yer ostidan 0,5 m chuqurlikda 50 mm diametrli quvur o‘tkazib, shu quvur orqali faqat gumus bilan oziqlantirgan holda yuqori hosil olish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadqiqot institut tajriba maydonida g‘o‘zaning "Buxoro 10" navini parvarish qilishda amalga oshirilyapti.