Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Alisher_Navoiy_582 yilligi

Alisher_Navoiy_582 yilligi
Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan Respublikamizda turli kechalar, tadbirlar, navoiyxonliklar o'tkazib kelinmoqda. Xususan, 9-fevral kuni Paxta seleksiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida buyuk bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bag'ishlab adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda soʼz olgan institutning ilmiy hodimi Musulmon Ziyatov oʼzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʼ siymo, buyuk davlat arbobi Аlisher Navoiy hayoti va ijodiga toʼxtaldi. Tadbir chin ma’noda she’riyat kechasiga aylandi. Iqtidorli doktorantlar tomonidan shoir qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar yod aytildi. Koʻtarinki ruhda tashkillashtirilgan ushbu tadbirda faol ishtirok etgan yosh olimlarga Institutning Kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovgʼalari topshirildi. Bizni kuzatishda davom eting.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.