Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Al Tasnim Group bilan agrar hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi

Al Tasnim Group bilan agrar hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi
Ömon Sultonligining Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sultonlikning yirik xususiy kompaniyalaridan biri – “Al Tasnim Group” rahbariyati bilan uçraşdi. Unda vazirga Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamrohlik qildi. Şuningdek, muloqotda kompaniya raisi va boşqaruvçi direktori Devaki Khimji hamda ijroçi direktori Farrokh Masani iştirok etdi. Uçraşuvda Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini Ömon bozoriga eksport qiliş, qöşma işlab çiqariş va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, quruq mevalar, yonğoq, un va makaron mahsulotlari eksportini kengaytiriş, Ömon bozori uçun kontrakt fermerlik asosida meva-rezavorlar yetiştiriş hamda Özbekistonning yaylov salohiyatidan foydalangan holda qizil göşt işlab çiqariş taklif etildi. Şuningdek, Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, organik öğit işlab çiqariş, baliqçilik va dengiz mahsulotlari ta’minoti böyiça investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari körib çiqildi. Tomonlar “Özbekiston–Ömon oziq-ovqat savati”ni şakllantiriş, mahsulotlarni yetkazib berişda muqobil logistika yönalişlaridan foydalaniş böyiça ham fikr almaşdilar. Uçraşuv yakunida “Al Tasnim Group” rahbariyati istiqbolli loyihalarni joyida örganiş uçun Özbekistonga taklif etildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.