Loyiha nomi:
AL-9124093729. Qishloq xо‘jaligi ekinlarining xosildor,sifat kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan navlarini xorijdan olib kelish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan serhosil mahalliy navlar va duragaylarini yaratish
Kutilayotgan natijalar:
1. Moyli, dukkakli va yem xashak ekinlarining mahalliy va xorijdan keltirilgan nav namunalari va duragaylari dala sharoitida sinovdan о‘tkaziladi, fenologik kuzatuv ishlari olib boriladi hamda morfologik, fiziologik va biologik belgilar bо‘yicha baholanadi. Ijobiy belgi xususiyatga ega bо‘lgan (tanlab olingan) nav namunalar seleksiya jarayonining keyingi bosqichiga о‘tkaziladi. Qimmatli belgi xususiyatlarga ega bо‘lgan mahalliy va xorijiy navlar о‘rtasida chatishtirish ishlari olib borilib yangi duragay avlodlar olinadi.
2. Tanlab olingan nav namunalar seleksiya jarayonining keyingi bosqichida ham morfologik, fiziologik va biologik belgilar bо‘yicha baholanadi, tuproq iqlim sharoitiga moslashishi о‘rganiladi, dala va laboratoriya sharoitida issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamliligi tekshiriladi, don tarkibi sifat jixatdan baxolanadi. Duragay avlodlar bо‘yicha tahlillar olib boriladi.
3. Baholash va tanlash ishlari natijalariga kо‘ra maxsar, xashaki kо‘k nо‘xatning va tritikalening ertapishar, issiqlik, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli, doni tо‘kilmaydigan va yotib qolmaydigan, tuproq iqlim sharoitlariga mos don sifati yuqori bо‘lgan yangi navlari yaratiladi, ularning tо‘liq boshlang‘ich urug‘chilik tizimi yо‘lga qо‘yiladi yaratilgan yangi navlar qishloq xо‘jaligi ekinlarini sinash markaziga topshiriladi.
Bajarish muddati:
2025-2027
