Loyiha nomi:
AL-5121091328. “Noan’anaviy sarimsoq (Allium Scorodoprasum L.) introduksiyasi, seleksiyasi va urug‘chiligini tashkil etish”
Kutilayotgan natijalar:
1. Rokambolning 35 ta klonlarini о‘rganish natijasida istiqbolli K-3, K-18, K-19, K-20, K-23, K-24, K-25 kabilar ajratildi Ushbu klonlar piyozboshining va piyozchalarining qiyosiy Baraka naviga nisbatan biroz yuqoriligi bilan ajralib turadi.
2.Tanlov sinovida eng yuqori umumiy hosildorlik K-18 klonida kuzatildi. K-18 klonining umumiy hosildorligi 42,5 t/ga ni tashkil etdi va bu qiyosiy nav Barakaga nisbatan 113,9% ni tashkil etadi. K-23 kloni umumiy hosildorligi 39,7 t/ga ni tashkil etdi va. bu qiyosiy navga nisbatan 106,4% ni tashkil etadi.
3.Tanlov sinovi natijalariga kо‘ra eng istiqbolli sifatida K-18 kloni ajratildi. Istiqbolli klonlarni о‘rganish kо‘chatzorida amal davri K-3, K-11, K-13, K-18, K-22, K-23 va K-26 klonlarida 238-240 kunni tashkil etib, qiyosiy navga nisbatan 5-7 kun ertapishar ekanligi aniqlandi.
Bajarish muddati:
2024-2026 yy
