AKIS’dan yangi ekologik yechim!

Aholining suv resurslariga boʻlgan masʼuliyatini oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash doimiy eʼtiborimizdagi dolzarb masaladir.
Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) tomonidan suv havzalari hamda kanallarni plastik chiqindilardan tozalash jarayoniga yangi samarali qurilma joriy etildi.
Ushbu maxsus toʻrsimon (setka) moslama suv oqimi bilan kelayotgan plastmassa va boshqa maishiy chiqindilarni tutib qolib, ularni belgilangan tartibda yigʻib olish va qayta ishlashga yoʻnaltirish imkonini beradi.
Atrof-muhit tozaligi va ekologiyamizga barchamiz birdek masʼulmiz!
Bizni kuzating
Facebook|Instagram |YouTube|Telegram|web-sayt