Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AKIS XODIMLARI YANGIYO'LDA SEMINAR O'TKAZDI

AKIS XODIMLARI YANGIYO'LDA SEMINAR O'TKAZDI
Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi (AKIS) Toshkent viloyati Аgroxizmatlar makazining tumanlarga biriktirilgan bosh mutaxasislari tomonidan Yangiyoʼl tumanida seminar tashkil etildi. Tadbir tumandagi Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazida amaliy koʼrgazmali shaklda bo'lib o'tdi. Seminarda tumandagi aholi, dehqon va fermer xoʼjaliklari vakillariga kichik hajmdagi texnikalardan samarali foydalanish, aholi tomorqa yer maydonlaridan yuqori daromad olish masalasi yuzasidan tavsiyalar berildi. Tumandagi chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik, parandachilik, meva sabzavotchilik hamda intensiv issiqxonalardan samarali foydalanish yuzasidan muhokamalar olib borildi. Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi kelgusida viloyatning barcha tumanlarida grafik asosida oʼquv seminarlari tashkil qilish boʼyicha kelishib olindi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.