AKIS VA CREA HAMKORLIGI

Italiyaning Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini tahlil qilish Kengashi a’zolaridan iborat delegatsiya Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida bo‘lishdi.
Mazkur Kengash Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining analogi hisoblanib, Italiya qishloq xo‘jaligi ilmiy sohasini muvofiqlashtiruvchisi sanalanadi. CREAning O‘zbekistonga tashrifi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Milliy markaz bosh direktori Alisher To‘rayev bilan uchrashuvdan boshlandi. Ikki tashkilot vakillari CREA va AKISning o‘xshash va farqli jihatlari haqida o‘zaro tanishdi. Hamkorlikning ustuvor vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi xususida suhbatlashildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazida bo‘lishdi. Markaz rahbari G‘ayrat G‘aniyev CREA direktori Guido Bonatiga AKIS markazi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.