AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI

O'zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zosi, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shodmon Namozov Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va ilmiy-tadqiqot olib boruvchi yoshlari bilan uchrashdi.
⌛18-aprel kuni universitetda bo'lib o'tgan "Karera kuni" tadbirlari doirasida Shodmon Namozov ilmga chanqoq, ilmiy-tadqiqot olib borish ishtiyoqi bor yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan sohasida o'z o'rinlarini topib ketishlari uchun barcha ilmiy muassasalarda keng sharoitlar yaratilgani haqida aytib o'tdi. Ularni oliy ta'limdan keyingi ta'limga chorlab, o'z ilmiy va hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube