Akademik Ibrohim Abdurahmonov AMENA markazi Maslahat kengashi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov AMENA Center for Entrepreneurship and Development (Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika hududlarida tadbirkorlik, ta’lim, innovatsiyalar va inson kapitalini rivojlantirish) markazi Maslahat kengashi a’zoligiga qabul qilindi.
"Ibrohim Abdurahmonov paxta genomikasi va qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi yo‘nalishidagi yetakchi olimlardan biri sifatida xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib e’tirof etilgan. U O‘zbekistonda qator yuqori lavozimlarda faoliyat yuritish bilan birga, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy ishlari uchun nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan"
deyiladi AMENA tarqatgan xabarda.
Akademikning ilmiy va boshqaruv sohasidagi boy tajribasi, shuningdek, agrar biotexnologiya va innovatsiyalar borasidagi bilimlari AMENA markazining Markaziy Osiyodagi faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube