Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aholining uzum dalalari o‘rganilmoqda.

Aholining uzum dalalari o‘rganilmoqda.
15-sentabr kuni Samarqand viloyat agroxizmatlar markazi va “Agromaslahat” xizmati maslahatchilari Qo‘shrabot tumani “Oqtepa” mahallasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida “Mo‘nisa Suyarova” fermer xo‘jaligi 6 gektar mayizbop chillaki uzum bog‘ini ko‘zdan kechirishda uzumlar tok kanasi bilan zararlanganligi aniqlandi. Maslahat: Tok kanasiga qarshi kimyoviy dorilar (Vertimeks, Nissoran) pestidsidlari orqali qarshi kurashish choralari tavsiya etildi. Fermer xo‘jaligida uzum terim jarayoni bo‘lganligi sababli mevalarni ortiqcha shikastlantirishsiz terim jarayonini tashkil qilish haqida maslahatlar berildi. Quyosh nuridan foydalanib mayiz qilib quritayotgan va saqlalayotgan uzumlarga “Agromaslahat” xizmati maslahatchilari uzum mevalarini qay tarzda tez mayiz qilish va istemolchiga sifatli qilib yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalarini berishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz! Web page | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.