Agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri olib borilishi samaradorlik garovi demak

Ayni paytda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Baxtiyor Ne’mat Shavkat” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.
Yangicha yonashuv va yangicha texnologiya asosida 70 gektar maydonga Xitoy uslubida, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari asosida, plyonka ostiga g‘o‘zaning S-65, S-75 mahalliy navlari ekilgan.
Ayni paytda unib chiqqan g‘o‘zalarda birinchi hamda ikkinchi ko‘saklar paydo bo‘lgan. Fermerning aytishicha, 70 gektar maydon ikki qismga ajratilgan hamda tajriba tariqasida bir tomonga 90 sxemada chigit qadalgan bo‘lsa, boshqa qismida esa qo‘sh qator qilib 76 sxemada baraka urug‘lari ekilgan.
G‘o‘za holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 76 sxemada ekilgan chigit dalasida g‘o‘zalarning shoxlab ketish holati kamroq. Bu esa, hosildorlikning oshishiga olib kelishi aniq. Fermerning ta’kidlashicha, 76 sxemada ekilgan chigit dalasidan gektariga 65-70 sentner hosil kutmoqda.
▶Vazir ayni hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish hamda hosildorlikni karrasiga oshirish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajriba hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish va bu orqali dehqon-fermerlar manfaatini oshirish bugungi kechiktirib bo‘lmas vazifadir.
Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram