Agrotavsiya

Sarimsoq ekmoqchimisiz? Unda tvsiya bilan tanishing!
Sarimsoq sabzavotlar ichida uglevodlar, vitaminlarga boy bo‘lib, u inson organizmining ayrim kasalliklarga chidamlilik immunitetini oshiradi. Ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari, sarimsoq xolesterin va qon bosimini kamaytirishga yordam beradi va ayni paytda u nol kaloriya tarkibiga ega.
Ushbu ekin sovuqqa chidamli bo‘lib 3-50S haroratda ko‘karib chiqadi va 7-80S gacha bo‘lgan sovuqqa chidaydi. Sarimsoqning o‘sishi uchun 1-davrida harorat 5-100S, pallalar hosil qilayotganda 15-200S va yetilayotgada 20-250S bo‘lishi kerak. 200S dan yuqori harorat ildizlarning o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi. O‘zbekistonda kuzda ekib o‘stiriladigan, gulpoya hosil qiladigan mahalliy navlar rayonlashtirilgan.
Ekish uchun sarimsoqni “Mayskiy Vir”, “Yujno-Fioletovoy”, “Chidamli”, “Janub”, “Surxon voxasi” navlari tavsiya etiladi.
Sarimsoq avgust oyining so‘nggi dekadasidan to sentyabr oyi oxirigacha ekiladi. Bundan kechiktirib ekilsa, kuzda yaxshi ildiz olishga ulgurmaydi, natijada qishki past haroratdan va turli kasalliklardan zararlanadi.
⌛ Pallalari yirik-maydaliliga qarab gektariga 1,0-1,5 tonna hisobidan ekiladi. Sarimsoq pallalari yirik va ekish me’yori ortishi bilan hosildorlik ham yuqori bo‘ladi. Sarimsoq 2-3 qator qilib ekilganda lentalar orasi 50-60sm, lentalardagi qatorlar orasi 10-15 sm, qatordagi o‘simliklar orasi 6-8 sm bo‘ladi.
Kuzda, sovuq tushguncha 1-2 marta sug‘oriladi. Ko‘klamda (fevral oxiri-mart boshida) ekilgan sarimsoq odatda kuzda ekilganiga qaraganda kam hosil beradi.
Sarimsoqni ko‘klam-yozda parvarish qilish: 5-6 marta sug‘orish, qator oralarini yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish, chopiq qilish, gulpoyalarini sindirib tashlash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va chirindi bilan mulchalash hosilni ancha oshiradi.
⌛ Tuproq turiga qarab sarimsoq ekilgan maydonga sof holda 150-200 kg azot, 140-160 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Sarimsoq ekiladigan yerga yangi go‘ng solish yaramaydi, chunki bu hosilning yetilishini kechiktiradi va yaxshi saqlanmaydi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube