Agrotavsiya

To‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirishning qanday afzalliklari bor?
Avvalo, sabzavotlar qish oldidan ekilganida, urug‘lar past haroratdagi namlikda ko‘pchiydi, yarovizatsiya davrini tabiiy sharoitda qishlab o‘taydi, faqatgina baquvvat urug‘lar erta bahorda past haroratda maysalaydi.
⏺ Yana bir jihati borki, bahorda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Har doim ham ekish va urug‘larning unishi uchun qulay sharoit yetilavermaydi. Qish oldidan ekilgan ekinlar esa, ob-havoga qarab qulay unib chiqish davrini ta’bir joiz bo‘lsa o‘zi aniqlaydi. Hatto, yerning loy, sovuq bo‘lib qulay muddatning cho‘zilishi yoki qurg‘oqchil kelib tuproq namini qochishi ham bu ekinlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ushbu usulda ekilib, mulchalangan sabzavot ekinlarining urug‘i qishki yog‘inlar ta’sirida asta-sekin bo‘rtib, erta ko‘klamda, havo haroratining past bo‘lishiga qaramay tez unadi. Natijada maysalar bahorgi qisqa muddatli sovuqlarga bardoshli bo‘lishi bilan birga bahorgi ekilganiga qaraganda 10-15 kun erta pishadi va serhosil bo‘ladi. Ayniqsa, bahor seryog‘in kelib, yerlar ishlov berishga yetilmay, ekish muddati cho‘zilib ketgan yillarida bu yanada ahamiyatli hisoblanadi. Har qanday holatda ham bahorda katta maydonlarga ekin ekish kerak bo‘lgan davrdagi eng qimmatli vaqtingiz tejaladi.
Mavzuga oid keyingi postlarimizda to‘qsonbosti ekinlarni ekishga doir tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin. Agar bu sizga qiziq bo‘lsa, bizni kuzatib boring!
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube