Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGROTAVSIYA

AGROTAVSIYA
PIYOZNI TO'QSONBOSTI USULDA EKISH Piyoz hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15-noyabr – 15-dekabr, shimoliy viloyatlarda 1-noyabr – 1-dekabr kunlari ekishni tavsiya qilinadi. Ekish uchun mahalliy "Bahoroy", "Hamal", "Istiqbol", "Zafar", xorijning "Manas", "Daytona", "Leone" va "Banko" navlari tavsiya etiladi. Har bir gektarga piyoz urug‘i 18 kg gacha, yerning nishabiga qarab qator oralarini 70-90 sm dan olib 3-4 qatorli usulda yoki qo‘lda sochib ekiladi. Urug‘lar yerga 1,5-2 sm chuqurlikka ko‘miladi. Piyoz urug‘i sepilgandan so‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi. Piyozning bo‘yi bahorda 6-8 sm ga yetganda, ikkinchi marta bog‘lab chiqariladigan tovar holiga kelganda o‘toq va yagana qilinadi. Qator oralari 15-16 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Piyoz o‘simligi patak ildizli sabzavot bo‘lib, ildiz tizimi asosan tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. Shuning uchun u yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni ko‘p bo‘lishini talab qiladi. Piyoz havo namligi past bo‘lgan joylarda yaxshi o‘sadi, ammo tuproqning sernam bo‘lishini xohlaydi. Piyozning barg shapalog‘ini kichikligi va suvni tejab-tergab sarflashiga qaramasdan, uning ildizi yaxshi rivojlanmaganligidan tuproq namligiga talabchanligi nihoyatda kuchli. To‘qsonbosti usulida ekilgan piyoz bahorda maysalari ko‘ringandan keyin sug‘oriladi. Birinchi suv odatda bahorgi yog‘in-sochin to‘xtagandan keyin beriladi. Ko‘klam seryog‘in kelgan yillarda bu muddat aprelning ikkinchi yarmiga, yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda esa aprelning boshlariga, ayrim hollarda esa mart oyining oxiriga to‘g‘ri keladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.