Agromaslahat

Uy tokchasida bodring yetishtirish
Qish qirovli kunlarda ham palakdan sarxil bodring uzishni istaysizu ammo ko‘p qavatli uyda turasiz. Hovlida yashasamu issiqxonam bo‘lganida qani edi, deya o‘ylaysiz.
Bundan aslo g‘am chekmang. Bodring, pomidor, achchiq yoki shirin qalampirni xonadoningizdagi deraza tokchasida ham yetishtirsangiz bo‘ladi.
Mutaxassislar buning uchun ikkita mezonga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Bunda soyaga bardoshli va issiqxona sharoitida o‘sadigan navlarni tanlash lozim.
Shunday bo‘lsada o‘simlikni yaxshi rivojlanishini uchun imkon qadar tabiiy yorug‘lik tushishini ta’minlash kerak. “Barselona”, “Bobrik”, “Forvard”, “Faust” kabi gibridlar deraza tokchasida o‘stirish uchun qulay ekan.
Tasavvur qiling, dekabr oyi. Tashqarida birinchi qor yog‘yapti. Siz esa derazangiz oldida turib, endigshina yetilgan sarxil bodringni qarsillatib tishlagancha shirin xayol surayapsiz.
Bu fantaziyani haqiqatga aylantirish uchun bugandan harakatni boshlash kerak.