Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agroinnovatsiyalar va trening markazi ish boshladi

Agroinnovatsiyalar va trening markazi ish boshladi
Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Paxtachilik agroinnovatsiyalar va trening markazi ish boshladi. Mazkur markaz g'o'za urug'chiligi sohasiga yangiliklarni joriy etish, xorijiy navlarni mamlakatimizga introduksiya qilish va ularning agrotexnologiyalarini ishlab chiqish hamda paxtachilik sohasida faoliyat yurituvchi fermer, dehqon xo'jaligi vakillarning malakasini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga markazda xorijiy navlar ekilgan maydonlarning kunlik monitoringi yuritish uchun 40 nafar mutaxassisdan iborat jamoa shakllantirildi. Shuningdek, markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi orqali paxtachilik sohasini modernizatsiya qilish, tola sifati va hosildorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.