Agroinnovatsiyalar va trening markazi ish boshladi

Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Paxtachilik agroinnovatsiyalar va trening markazi ish boshladi. Mazkur markaz g'o'za urug'chiligi sohasiga yangiliklarni joriy etish, xorijiy navlarni mamlakatimizga introduksiya qilish va ularning agrotexnologiyalarini ishlab chiqish hamda paxtachilik sohasida faoliyat yurituvchi fermer, dehqon xo'jaligi vakillarning malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga markazda xorijiy navlar ekilgan maydonlarning kunlik monitoringi yuritish uchun 40 nafar mutaxassisdan iborat jamoa shakllantirildi.
Shuningdek, markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi orqali paxtachilik sohasini modernizatsiya qilish, tola sifati va hosildorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube