Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrofakt

Agrofakt
Soyaning “Toshkent” navi O‘suv davri 118-120 kun. O‘simlik bo‘yi 145-155 sm. Pastki dukkak joylanishi 12-18 sm, shoxlar soni 1-4 ta, bir o‘simlikdagi dukkak soni – 130-160 ta, bir dukkakdagi don son 3-4 ta. Don sifati va texnologik ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: 1000 dona urug‘ og‘irligi 172-176 g. Don tarkibida oqsil 43,0%, don tarkibida moy 22,5%. Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan. Ushbu navdan qulay sharoitlarda 30,2-32,4 s/ga don va 250-300 s/ga ko‘k massa hosili olish mumkin. Urug‘larni asosiy ekin sifatida may oyining I dekadasida gektariga 60 kilogrammdan 3-4 sm chuqurlikka, qator oralig‘i 60 sm qilib ekiladi. Ushbu nav Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.