Agrofakt

Soyaning “Madad” navi tavsifi
Kelib chiqishi: K-2 AQSH duragay kombinatsiyasidan yakka tanlab olish yo‘li bilan yaratilgan.
O‘suv davri 125-130 kun. O‘simlik bo‘yi 145-150 sm. Pastki dukkak joylanishi 14-16 sm, shoxlar soni 2-4 ta, bir o‘simlikdagi dukkak soni – 94-102 ta, bir dukkakdagi don son 3-4 ta. 1000 dona urug‘ og‘irligi 170-175 g. Don tarkibida oqsil 43,2%, don tarkibida moy 20,9%. Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan.
Navdan qulay sharoitlarda 33-35 s/ga don hosil va ko‘k massa hosildorligi 300-350 s/ga olish mumkin.
Ekish me’yori: 60 kg/ga, 4-5 sm chuqurlikka, qator oralig‘i 60 sm qilib ekiladi. Oziqlanish maydoni 60x15.
Ushbu nav Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz