"AgroExpo Uzbekistan–2025": Agrar sohadagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida mamlakatimiz agrar sektorining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri — "AgroExpo Uzbekistan–2025" xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov so‘zga chiqib, ushbu ko‘rgazmaning mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishdagi ahamiyati haqida aytib o‘tdi.
Ochilish doirasida, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va Malayziyaning Vantex Academy (avval MERAQUE Academy nomi bilan tanilgan) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum quyidagi yo‘nalishlarda keng qamrovli hamkorlikni nazarda tutadi:
— Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha qo‘shma ta’lim va amaliyot dasturlari
— Dron texnologiyalarini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirish
— Robototexnika bo‘yicha malaka oshirish dasturlari
— Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim, tajriba va ekspertiza almashinuvi
Mazkur tashabbus agrar ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan yaqinlashtirib, sohada yangi bilimlar, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajribaning chuqur integratsiyasiga yo‘l ochishi bilan ahamiyatli.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram