Agro_tavsiya

Iyun oyida g‘o‘za parvarishi: g‘o‘za shonalash va gullash davri
⌛ G‘o‘zani shonalash va gullash davrlarida gektariga 400-500 kg quruq go‘ngni azotli o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash paxta hosilini gektariga 2,0-3,0 sentnergacha oshiradi.
Tuproq unumdorligi past va mexanik tarkibi yengil qumloq tuproqlarda g‘o‘zalar shonaga kirgan maydonlarda gektariga 210-225 kg ammiakli selitra yoki 150-160 kg mochevina va 65-80 kg kaliy xlorid berish kerak.
G‘o‘zalar gulga kira boshlagan paykallarda azot va fosforli o‘g‘itlar gektariga sof holda 70-75 kg azotni (ammiakli selitra 210-225 kg) va 40- 50 kg sof holda fosforni (ammofos 80-100 kg yoki oddiy superfosfat 220-275 kg yoki suprefos 170-215 kg) tashkil qiladi.
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llanilmasdan faqat azot o‘g‘itlari solinsa, ko‘saklarning ochilishi 15-20 kunga kechikib, hosil sifati pasayadi. Shuning uchun ular tegishli me’yor va muddatlarda qo‘llanilishi zarur.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube