Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRO_TAVSIYA

AGRO_TAVSIYA
G‘O‘ZANI CHILPISHDA MUHIM AGROTEXNIK TADBIR G‘o‘zani chilpish muhim ishlardan sanaladi. Chilpishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali, g‘o‘zaning o‘sishi - rivojlanishi jadallashadi, hosil elementlari to‘kilishi kamayadi, gul va ko‘saklar soni oshadi, g‘o‘za zararkunandalarning salbiy ta’siri kamayadi, ko‘saklarning pishishi 5-10 kunga tezlashadi, hosildorlik gektaridan 3-4 sentnerdan hattoki 6-8 sentnergacha ortadi. Chilpish qo‘lda, mexanizm yordamida va Sojean, Entojean, Dalpiks kabi preparatlar bilan ishlov berilib amalga oshiriladi. G‘o‘zani chilpishda ko‘saklar paydo bo‘lishi va to‘liq yetilishi tezlashadi, ertagi, mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish imkonini beradi, ko‘sak qurtining zararini kamaytirib, defoliatsiya samaradorligini oshiradi. ⌛Fermerlar unitmasligi kerak, g‘o‘zani o‘z muddatida sifatli chilpish hosil salmog‘ining ortishi, sifatining yaxshilanishi, erta yetilishiga olib keladi. Aksincha, uning kechiktirilishi va sifatsiz o‘tkazilishi oqibatida poyasi kuchli o‘sib g‘ovlab ketadi, paxta hosili 15-20 foiz kamayib, pishib yetilishi 7-10 kunga kechikib, ko‘saklari kichrayib, vazni kamayib, g‘o‘za serbarg bo‘lib, ko‘saklar qobig‘i qalinlashib, hashoratlarni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. G‘o‘za navlari xususiyatlariga qarab unumdor tuproqlarda 13-14, o‘rtacha unumli tuproqlarda 12-13 va unumdorligi past yerlarda 11-12 hosil shoxi to‘planganda chilpish o‘tkazish tavsiya etiladi. Qo‘shqator ekilgan yerlarda bu tadbir 10-11 shox hosil bo‘lganda o‘tkaziladi. Chilpish qo‘lda o‘tkazilsa, g‘o‘za bosh poyasining eng uchki 1-2 sm qismi (biroz oqish rangli bo‘ladi) yulib(chimdib) olinadi. Agar shunday qilmay poyaning uch qismi chuqur 5-10 sm yulib olinsa, g‘o‘zaga salbiy ta’sir etib, bir-ikki dona shona va gul ham yulib tashlanadi. Bu esa to‘liq pishib yetilishi mumkin bo‘lgan 3-5 s/ga hosilning boy berilishi demakdir. Shu sababli fermerlar va mutaxassislar chilpish boshlashdan oldin ishchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishi va chilpish jarayonini jiddiy nazorat qilishlari lozim. Mexanik usulda chilpish g‘o‘zaning yuqori qismini maxsus moslamani kultivator oldiga o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi. Chilpishning kimyoviy usuli g‘o‘zaning hosil to‘plashi va maqbul o‘sishi uchun har taraflama samarali va qulaydir. Bunda “Sojean”, “Entojean”, “Dalpiks” preparatlari sug‘orishdan 5-7 kun avval yoki 5-7 kun keyin OVX va boshqa purkagich moslamalarda 250-300 l/ga suvga aralashtirilib sepiladi. Shunda dorilar g‘o‘zaning bargi orqali yaxshi singib, tanasi bo‘yicha bir xil tarqaladi va o‘simlik hujayralarining bo‘linishini to‘xtatadi, natijada g‘o‘za bo‘yiga va yoniga o‘sishdan to‘xtaydi, barglari to‘q yashil rangga kiradi, o‘simlikning rivojlanishi va hosil to‘plashi jadallashib, tupi ixcham archasimon bo‘lib, qatorlar orasida havo almashinuvi va mikroiqlim yaxshilanadi, g‘o‘zaning tepa qismida 3-4 dona bo‘liq ko‘sak paydo bo‘ladi. Eng asosiysi pishib yetilishi 7-8 kunga tezlashadi, birinchi terim salmog‘i 6-7 sentnerga, umumiy hosil 3-8 s/ga va undan ham ortib, paxtani qisqa muddatlarda yuqori navlarda yig‘ishtirib olishga imkoniyat yaratiladi. Kimyoviy usulda chilpishda avval traktorning suv bakiga yarmigacha toza suv to‘ldiriladi, so‘ngra belgilangan preparat me’yori ikkala bakka bir xil miqdorda bo‘lib-bo‘lib solinadi va uning ustidan suv quyilib oxirigacha to‘ldiriladi. Traktorning maxsus aralashtirgichi yoki qo‘lda biror moslama bilan yaxshilab aralashtiriladi, shundan so‘ng dalaga sepishga ruxsat beriladi. Respublikamiz viloyatlarida g‘o‘zaning rivojlanishi holatiga qarab, “Sojean” va “Entojean” preparatlari gektariga 90-100 g, Dalpiks 1,5-2,0 l miqdorda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Agar “Sojean” va “Entojean” preparatlari g‘o‘zaning yoshlik davrlarida shonalash davrining boshida bo‘yi 20-25 sm bo‘lganda 15 g/ga, gullash boshlanganda (g‘o‘za bo‘yi 55-60 sm) 45 g/ga sepilgan bo‘lsa, chilpish davrida 90 g/ga sepish yetarlidir. Lekin oldin ushbu preparatlar qo‘llanilmagan dalalardagi g‘o‘zalarga 100-105 g/ga qo‘llash kerak bo‘ladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.