Agro_tavsiya

Iyul oyida bog‘larni oziqlantirish
Agarda iyun oyida bog‘lar oziqlantirilmagan bo‘lsa, u holda oziqlantirish organik o‘g‘itlar bilan qo‘shimcha “sharbat” usuli orqali berilsa, yaxshi natija beradi.
Buning uchun bog‘-tokzorlarning yuqori qismidan suv keladigan yo‘lda xandaq kovlanib, go‘ng solingach, suvga to‘ldiriladi, 3-4 kun aralashtirib, so‘ng ekinga taraladi.
Agarda organik o‘g‘itlar bo‘lmasa, daraxtlar yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun mineral o‘g‘itlardan ammofos (100 kg) va kaliy o‘g‘itlari (100–120 kg) bilan qo‘shimcha oziqlantirilsa yaxshi samara beradi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube