Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
MEVALI DARAXTLARNING TANASI NIMA UCHUN YORILADI? ⏩Bunga sabab daraxt tanasi va shohlarining quyoshga qaragan tomoni qishda harorat tez pasayishi natijasida kuchli zararlanadi va po‘stlog‘i yoriladi. Yozgi yuqori harorat ham to‘qimalarga kuchli ta’sir etib, tana va shohlarni kuydirishi mumkin. Po‘stlog‘i kuygan daraxtlar zamburug‘ va bakteriyali kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi. Nok daraxtining po‘stlog‘i olmanikiga qaraganda kam kuyadi. Buning sababi nok daraxtining po‘stlog‘i ochroq rangda bo‘lib, olmaniki kabi ko‘ndalangiga emas, balki uzunasiga yoriladi. Gilos daraxtining po‘stlog‘i yupqa bo‘lib, quyosh nuri ta’sirida kuyishga ancha ta’sirchan bo‘ladi. Qishda havo harorati tez va kuchli pasayganda bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga asosan misli preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Muhammadjon Ismoilov Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.