Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
O‘ZBEKISTONDAGI MAVJUD PAYVANDTAGLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ? Qadrli kuzatuvchilar, avgust oyida payvand qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Tajribali bog‘bonlar ushbu jarayonni sifatli o‘tkazish uchun yil davomida tayyorgarlik ko‘rib boradi. Avvalo, sifatli ko‘chat yetishtirish uchun sifatli payvandtag zarur. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday turdagi payvandtaglar mavjud, ular qanday usullar bilan tayyorlanadi? Bu haqda ayrim ma’lumotlarni ma’lumotlarni taqdim qilamiz. Bir necha kun avval e'tiboringizga danak mevali payvandtaglar haqida ma'lumot taqdim etgandik, endi urug' mevali payvandtaglarga to'xtalamiz. Urug‘ mevali payvandtaglar FOX 11 – nok payvandtagi boshqa urug‘li payvandtaglarga nisbattan 30-35% ga pastroq o‘suvchi payvandtagdir. Ildiz tizimi tuproqqa yaxshi birikadi. Turli tuproqlarga moslashuvchanlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, pH muhiti yuqori bo‘lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Payvand qilingan navlarning hosildorligini oshiradi. FOX 9 – nok payvandtagi esa pakana payvandtag bo‘lib, payvand qilingan navlarning meva sifatini yaxshilaydi. Eng hosildor payvandtaglardan biri hisoblanadi. Deyarli barcha nok navlariga to‘g‘ri keladi. Hosildorlikga erta kirishi bilan ajralib turadi. Quince A – bu payvandtag behi uchun. Ohakli va sizot suvlar yaqin joylashgan tuproqlarga o‘rtacha chidamlilikka ega. Payvand qilingan navlar erta hosilga kiradi. Barcha navlarga ham to‘g‘ri kelmaydi (Xususan Williams naviga ). Quince BA 29 – nok payvandtagi yarimpakana payvandtag bo‘lib, payvand qilingan daraxtlarning o‘rtacha bo‘yi 3 m tashkil etadi. Payvand qilingan navlar ikkinchi yildan boshlab hosilga kiradi. Ushbu payvandtag og‘ir, suv ushlab turuvchi tuproqlarga chidamli. Bizni kuzatib boring, sahifalarimiz orqali yong'oq mevali va uzum payvandtaglari haqida ham ma'lumot beramiz. DAVOMI BOR... Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.