Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

agro_tavsiya

agro_tavsiya
MEVALI DARAXTLAR RIVOJIDA QUYOSH NURINING AHAMIYATI Quyosh nuri fotosintezning asosiy omili hisoblanadi. U o‘simlik a’zolarining o‘sishi va hosil bo‘lishiga yordam beradi. Barglarning transpiratsiyasiga, o‘suvchi a’zolarining yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Siyraklashtirilgan shox-shabbaning qalin shox-shabba barglariga nisbatan yorug‘lik ko‘p tushadi. Yorug‘lik yetishmaganda gulkurtaklar shakllanmaydi, bargli novdalar yuqoriga qarab tez o‘sadi, cho‘ziladi va ingichkalashadi. ⌛ Uzoq vaqt yorug‘lik yetishmaganda esa, barg plastinkalari mayda va rangsiz bo‘ladi. Bunday novdalarda kurtaklar kech yoziladi, ko‘pincha to‘la rivojlanmaydi va gulkurtaklar nuqson bilan gullaydi. Mevalar hajmi kichiklashadi. Daraxt ichkarisidagi mevalar o‘ziga xos rangga ega bo‘lmaydi. Pastki shoxlar o‘suvchi shoxchalardan mahrum bo‘ladi va tez qurib qoladi. Daraxt o‘sgan sari katta barg qoplami hosil bo‘ladi, yorug‘lik daraxtning keyingi o‘sishi va rivojlanishini chegaralovchi omil bo‘lib qoladi. Chetki yorug‘lik daraxt ichkarisidagi yorug‘likdan 5–15 marta yuqori va samaraliroqdir Muhammadjon Ismoilov Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.