Agro_tavsiya

Kechki sabzini undirib olish uchun zarur tavsiya
Sabzi ekinini o‘stirishda tuproqning to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan sug‘orishdan oldingi tuproq namligi 70- 75% bo‘lishi kerak.
Kechki sabzi yozning eng issiq paytida, ya’ni iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida sepiladi, ularning ildizmeva hosil qilish davri kuzgi salqin kunlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun kechki sabzi urug‘i sepilgandan so‘ng 2-3 kungacha marzaning tepasi qorayguncha suv qo‘yiladi.
⏩Oradan 2-3 kun o‘tkazib, yana urug‘ suvi beriladi. Bunda tuproq namini hisobga olib, sug‘orish muddatini bir sutkadan oshirib bo‘lmaydi. Urug‘ suvi maysalar qiyg‘os ko‘karguncha beriladi. Sabzi uch-to‘rt marta sug‘orilganda maysalar yoppasiga ko‘rinadi. Shundan keyin sentabr oyigacha har 7-8 va undan keyingi davrda esa har 10-12 kunda sug‘orib turish lozim. Sabzi ekinlari mazkur tartibda sug‘orilib borilsa, sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda mavsumda 11-12, sizot suvi yuza uchastkalarda 6-8 marta sug‘oriladi.
Sabzi ekinini yetishtirishda mavsumiy sug‘orish me’yorlari hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga qarab 6200 - 10900 m³/ga oralig'ida bo‘ladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube