Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRO_TAVSIYA

AGRO_TAVSIYA
Olxo‘ri raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti. 30 dan ortiq turi maʼlum. Eng ko‘p tarqalgan turi oddiy olxo‘ri bo‘lib, tog‘olcha bilan yovvoyi olxo‘rining tabiiy chatishishidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Vatani Kichik Osiyo. O‘zbekistonga Eron orqali kirib kelgan. Yurtimizda ekilish maydoni jihatidan danakli meva daraxtlari orasida o‘rikdan keyin turadi. Olxo‘ri asosan payvandlab hamda ildiz bachkisidan ko‘paytiriladi, eng yaxshi payvandtag tog‘olcha. Ko‘chati o‘tqazilgach, 3-5 yilda hosilga kiradi. 20-25 yil yaxshi hosil beradi (30 kg dan 100 kg gacha). 30-35 yil yashaydi. Shaftoli, o‘rik va gilosga qaraganda, sovuqqa chidamli (-30 darajagacha). Bahorgi sovuqlardan kam zararlanadi. Olxo‘ri tarkibida:⠀⠀⠀ vitamin C;⠀ vitamin A; fruktoza va saxaroza; organik kislotalar; azotli moddalar, taninlar; makro va mikroelementlar mavjud. Olxo‘rining asosiy foydali xususiyati ichaklarni yumshoq tozalash va oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtirishdir. Olxo‘ri ishtahani qo‘zg‘atish va ichak motorikasini oshirish qobiliyatiga ega, ateroskleroz uchun foydali, qon tomirlari devorlarida xolesterin to‘planishini kamaytiradi.⠀ O‘zbekiston hududida 10 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, yurtimizning turli mintaqalarida yetishtirish uchun tavsiya qilingan. Dunyoda qora olxo‘ri mevalarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or sanalgan AQSH, Kanada va Chili davlatlari tajribalari o‘rganilib, respublika hududlarida qora olxo‘ri yetishtirishni ko‘paytirish va eksportga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olxo‘ri mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.