Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRO_TAVSIYA

AGRO_TAVSIYA
RUKKOLANI TO'QSONBOSTI USULDA YETISHTIRISH Rukkola bir yillik o‘simlik bo‘lib, u mayda qirrali uzun barglardan iborat. Respublikada rukkolaning xorijdan keltiriladigan "Gratsiya" va "Poker" duragaylari ekish uchun tavsiya etiladi. Ushbu ekin sovuqqa chidamli o‘simlik. Barglarining o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay havo harorati kunduzi 15-20° va kechasi 12-15° bo‘lishi kerak. U 5°S past haroratda ham rivojlanadi. Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda rukkolani to‘qsonbosti usulida: janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15-noyabr – 15-dekabr, shimoliy viloyatlarda 1-30 noyabr kunlari oralig'ida ekish tavsiya qilinadi. Rukkola urug‘i 15-20 sm chuqur olingan pollarga yoki lentasimon usulida 2-3 qator qilib ekiladi. Bunda lentalar orasi 45-60 sm, lentadagi qatorlar orasi 15 sm qilinadi. Bir gektar yerga 4-5 kg urug‘ sarflanadi. Rukkola o‘simligini parvarishlashga – o‘tash, qator oralarini yumshatish, sug‘orish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari kiradi. Maysalar bahorda unib chiqqandan 10-12 kun o‘tgach birinchi marta, 2-3 hafta o‘tgach ikkinchi oxirgi marta yagana qilinadi. Bunda rukkola tuplarining orasida 8-10 sm masofa qoldiriladi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.