AGRO_TAVSIYA

GIDROGEL — SUVNI TEJASHDA INNOVATSION YECHIM
Ekinlarning oziqlanishi va to‘g‘ri parvarishlanishi, ayniqsa sug‘orish suvi taqchil hududlarda, dehqonlar uchun sermahsul hosil olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zida, suvsizlik tufayli o‘simliklarning nobud bo‘lishga guvoh bo‘lamiz. Biroq, dehqonchilikda gidrogel nomli vositaning paydo bo‘lishi bu va boshqa muammolarning oldini olishga katta yordam bermoqda. Afsuski, ko‘pchilik gidrogel va uning foydali xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlarga ega emas.
Gidrogel sug‘orish vaqtida ham vaqtni, ham suvni tejaydi. Shuningdek, mineral o‘g‘itlarga sarflanuvchi mablag‘larni ham tejaydi. Gidrogel – o‘ziga nam tortuvchi, yuqori bo‘kuvchanlik xususiyatiga ega sintetik polimer bo‘lib, o‘simlik uchun kerakli bo‘lgan makro va mikroelement hamda ekinlarni rivojlanishiga kuchli ta’sir beruvchi mikroorganizmlarga ega.
U, tuproq tarkibida ko‘p miqdordagi namlikni uzoq vaqt davomida saqlash va o‘zlashmay yotgan mineral o‘g‘itlarni o‘simlik uchun qayta o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Gidrogel yomg‘ir suvlarida o‘z og‘irligidan 200-300 marta,
tuproqlarda esa tuproq tarkibidagi turli tuzlar miqdoriga qarab 200-250 martagacha ko‘p suvni yutadi. Tuproqqa atmosfera yog‘inlari yoki sug‘orish yo‘li bilan o‘tgan suv o‘simliklar ildiziga
bemalol o‘tadigan holatda saqlanadi.
⌛Gidrogeldan 3-4 yil davomida foydalanilsa ham u o‘z xossalarini yo‘qotmaydi. Eskirgan gidrogel yerning
infrastrukturasini buzmaydi. Aksincha azotli o‘g‘it
sifatida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirishga qulay
hisoblanadi. Gidrogellarning chirish jarayoni to‘liq
zararsiz, ekologik tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Dunyoda
turli xildagi gidrogellar mavjud bo‘lib, ularning asosiy
vazifasi - suvni tejab qolishdir. Suvni tejash bilan bir
qatorda tarkibida organik birikma va turli xildagi
biologik organizmlar mavjudligidir.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube