Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRO_TAVSIYA

AGRO_TAVSIYA
O‘ZBEKISTONDA LIMON: NAVLARI, YETISHTIRISH SHAROITLARI, SOG‘LIQ UCHUN FOYDASI Bilasizmi, “limon” so‘zining kelib chiqishi xitoy tiliga oid bo‘lib, tarjimada “onalar uchun foyda” degan ma’noni anglatadi. Limonning foydasi haqida ko‘pchilik biladi, birorta ham shamollash usiz davolanmaydi, limon tibbiyot va kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. U qayerda va qanday yetishtiriladi, O‘zbekistonda limonning qanday navlari bor va bu sitrus mevani yetishtirishda nimalarga e’tibor berish kerak? Shular va limon haqidagi yana ko‘plab ma’lumotlar bilan materialimizda tanishing. So‘nggi paytlarda limon butun Markaziy Osiyo bo‘ylab issiqxonalarda faol ravishda yetishtirib kelinmoqda. U, ayniqsa, mo‘l hosil olayotgan O‘zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Respublikamizda limonchilik sohasida boshqaruv tizimini isloh qilish, shuningdek, limon plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish, iqlim sharoitimiz va tashishga yaroqli navlarni yetishtirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Issiqxonalar va laboratoriyalardagi faoliyat Bugungi kunda o‘zbekistonlik mutaxassislar issiqxona va ochiq maydonda sitrus mevalar ko‘chatlarining yangi navlarini, shuningdek, tugunlarini (ekish uchun tanlangan ikki yillik ko‘chatlar) yetishtirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Laboratoriyalarda ishlayotgan olimlar, issiqxona mutaxassislari limonning boshqa mamlakatlarga eksport qilish va tashish uchun yaroqli navlarini yaratmoqda. Akademik M.Mirzayev, nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida respublikada limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, yetakchi va zamonaviy resurstejovchi texnologiyalardan foydalanish asosida yuqori sifatli sanoat va eksportbop sitrus mevalari yetishtirish yo'lga qo'yilgan. ⌛Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari mahalliy navlarning morfologik xususiyatlarini o‘rganib, serhosil va eksportbop navlarni joriy etishdi. Ularning fikricha, limonning ikki serhosil “Meyer” va “O‘zbekiston” navlarini issiqxonalar va xandaqlarda yetishtirish tavsiya etiladi. Bu navlar erta hosil beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, “Meyer” navi Gruziyaning iqlim sharoitiga ham moslashtirilgan. O‘zbekiston sitrus mevalarini eksport qilish hisobiga dunyoning yetakchi davlatlari orasida o‘z mavqeini mustahkamlay oladi. Shu maqsadda institut, laboratoriya va issiqxonalar mutaxassislari mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, zamonaviy navlarni saqlash, sovutish, tozalash va qadoqlash ishlarini davom ettirishmoqda. O‘zbekistonda limon navlari “Meyer” navi – limon va apelsinning tabiiy gibridi. Bu navning limonlari bo‘yi past daraxtda o‘sadi. Barglari cho‘zinchoq, chiziqlarida kichik “qanotlari” bor. Hosil ikkinchi yoki uchinchi yildan boshlab yig‘ib olinadi, mevalar oktyabr oyida paydo bo‘ladi. Bu navning limonlari turli shakllarda bo‘ladi: cho‘zinchoq-silliq, dumaloq yoki nok shaklida, o‘rta va katta, massasi 80-100 grga etadi, qobig‘i nozik, silliq, to‘q sariq, o‘ziga xos iforga ega. Eti mayin, sershira, oz miqdorda urug‘lari bor: har bir mevasida 6-10 donadan. Meva qisqa muddat saqlanadi, ammo bu limonlar har yili juda ko‘p hosil beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.