Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
Avgust piyozini ekish mavsumi boshlandi! Yuqori hosil olish uchun piyozni o‘z vaqtida ekish, to‘g‘ri sug‘orish va o‘g‘itlash muhimdir. Ekish muddatlari: Shimoliy hududlar — 15-avgustgacha Markaziy viloyatlar — 10-sentabrgacha Janubiy viloyatlar — 20-sentabrgacha Tavsiya etiladigan navlar: Oq dur, Sumbula, Bahoroy, Xamal, Sibir, Aldoba va shu muddatda yetiladigan boshqa navlar. Ekish sxemalari: 3 qatorli, lentasimon: (50+20)×8 sm, (50+10+10)×8/3 sm, (40+15+15)×8/3 sm Yoki sochma usulida Urug‘ sarfi: 1 gektarga 12–15 kg. Parvarish bo‘yicha tavsiyalar: Yangi go‘ng solmang — begona o‘t ko‘payib ketadi. Kuzgi yog‘ingarchilik boshlangunicha muntazam sug‘oring. Hosil yig‘imidan 30 kun oldin sug‘orishni to‘xtating. Azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlarini me’yorida va bosqichma-bosqich bering. Hozir ekilgan avgust piyozining o‘suv davri 120–140 kun bo‘lib, bahorda sifatli hosil beradi. Ushbu tavsiyani do‘stlaringizga ulashing! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.