Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
Gʻo’zada defolyatsiyani toʻgʻri oʻtkazish – sifatli hosil garovi Hosilni oʻz vaqtida yigʻib olishda defolyatsiyaning ahamiyati katta. Defolyatsiya – gʻoza barglarini toʻkish jarayoni boʻlib, paxtani sifatli yigʻishga, tola ifloslanmasligiga va yigʻim-terim samaradorligi oshishiga yordam beradi. Nega defolyatsiya kerak? Paxta tolasi toza va sifati yuqori boʻladi. Terim mashinalariga qulaylik yaratadi. Barglarda qoladigan kasallik manbalari yoʻqoladi. Qachon oʻtkaziladi? Gʻoza hosilining 65–70% qismi ochilganda. Havo harorati kunduzi kamida +20 +25°C dan kam bo'lmasligi lozim. Nimalarga e’tibor berish shart? Defolyantlar normasi toʻgʻri tanlanishi lozim. Yerdagi va havodagi namlik me’yorini hisobga olish kerak. Paxta terimidan 10–12 kun oldin defolyatsiya bajarilishi zarur. Toʻgʻri oʻtkazilgan defolyatsiya hosil sifatini oshirib, dehqon xoʻjaliklariga katta foyda keltiradi. Defolyatsiyani toʻgʻri oʻtkazing – hosilingiz sifatli va farovon boʻladi! Batafsil ma’lumotga ega boʻlish uchun tavsiyanomadan foydalaning! Tavsiyanomadan foydalanish uchun havolani bosing! https://online.pubhtml5.com/ivfzl/zoqn/ Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.