AGRO_TAVSIYA

G‘ozaning o‘sishini boshqarish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqildi
Joriy yilgi ob-havo sharoitida g‘o‘za parvarishida qator murakkabliklar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, seryog‘in kunlar, havo haroratining o‘zgaruvchan kelishi hamda zararkunandalarning ko‘payishi g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda fermer va dehqonlar uchun ilmiy asoslangan, amaliy tavsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tomonidan “G‘o‘za parvarishida o‘sishni boshqaruvchi preparatlarni samarali qo‘llash hamda shira, trips va o‘rgimchakkadan himoya qilish choralari bo‘yicha” tavsiya ishlab chiqildi.
Mazkur qo‘llanmada g‘o‘zaning rivojlanishini jadallashtirish, hosildorlikni oshirish, biostimulyatorlardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar jamlangan.
Ushbu qo‘llanmani ko‘chirib olib, kundalik ish faoliyatingizda foydalanishingiz uchun kanalimizga joylashtirdik. Unda berilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar g‘o‘za parvarishini to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish hamda zararkunandalarga qarshi samarali kurashishda sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, degan umiddamiz.
Foydalanish uchun havolani bosing
https://online.pubhtml5.com/ivfzl/yaaq/
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube