Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_Tavsiya

Agro_Tavsiya
Urug‘lik donni dorilashda aspirinni qo‘llash bo‘yicha tavsiya Urug‘lik donni kimyoviy fungitsid va insektitsidlar bilan dorilashda aspirin (atsetilsalitsil kislotasi) qo‘llash yuqori hosil olishga xizmat qiladigan samarali agrotexnik usullardan biri hisoblanadi. Kimyoviy preparatlar urug‘ni tashqi kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilsa, aspirin o‘simlikning tabiiy immunitetini faollashtirib, qurg‘oqchilik, sovuq, sho‘rlanish kabi stress omillariga chidamliligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, u kimyoviy preparatlar ta'siridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fitotoksik stressni kamaytirib, niholning tezroq rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Aspirin qo‘llanilganda: ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi; urug‘ning unib chiqish energiyasi ortadi; nihollar kuchli va sog‘lom o‘sadi; kasalliklarga chidamlilik oshadi; antioksidant fermentlar faolligi kuchayib, tashqi stress omillariga bardoshlilik ortadi; keyingi bosqichlarda boshoq uzunligi, don soni va don massasi oshishi mumkin. Qo‘llash tartibi: 1 tonna urug‘lik don uchun 50 gramm toza atsetilsalitsil kislotasi (500 mg li 100 ta tabletka) tavsiya etiladi. Uni avval 2–3 litr +30–35°C haroratli iliq suvda to‘liq eritib, so‘ng 10 litrli ishchi suyuqlikka qo‘shish lozim. Shu ishchi suyuqlik 1 tonna urug‘ni dorilash uchun ishlatiladi. Muhim qoidalar: Aspirin va kimyoviy preparat aralashmasida urug‘ni ivitib qo‘yish mumkin emas. Ishchi eritma faqat urug‘ yuzasiga purkalishi lozim. Eritmada aspirin konsentratsiyasi 0,005–0,01% bo‘lishi, pH ko‘rsatkichi esa 6–7 atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. Yuqori dozalar aks ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Aspirin arzon va oson topiladigan immunitet stimulyatori bo‘lib, tavsiya etilgan me'yorlarda qo‘llanilganda kimyoviy dorilash samarasini kuchaytirishga yordam beradi. Biroq uni qo‘llashda belgilangan me'yor va texnologiyaga qat'iy rioya qilish zarur. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.