Agro_maslahat

Shaftoli bargi nega bujmayadi?
Keyingi yillarda shaftoli bog‘larida ushbu kasallikning ko‘payishga asosiy sabab: ob-havo sharoitining o‘zgarishi, eski bog‘larning rekonstruksiya qilinmaganligi, o‘z vaqtida agrotexnik va kimyoviy kurash choralari qo‘llanilmasligidir.
Barg bujmayishi zamburug‘ kasalligi bo‘lib, shaftoli, olxo‘ri va ba’zida gilos novdalari, barglari va mevalarini zararlaydi. Kasallik daraxtlarda fotosintez jarayonini buzib daraxtni rivojlanishdan to‘xtatadi.
⌛ Agar kasallik bir necha yil davomida qaytarilsa, daraxtlarga juda qattiq zarar yetishi mumkin.
Kasallik natijasida hosilning 40-50% miqdori kamayib ketishi mumkin. Kasallik asosan daraxt gullab bo‘lgandan keyin barg chiqara boshlaganda yosh barglarni zararlaydi. Barg bujmayish kasalligi sporalari daraxt shoxi po‘stloqlarining yoriq joylarida, barglarda va daraxtning boshqa qismlarida qishlaydi.
Qarshi kurash choralari: vegetatsiya boshlanmasdan bordo suyuqligi bilan ishlov berish va tarkibida misli preparatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi. 10 litr suvga 40 gr mis kuparosi aralashtiriladi. Chunki misli preparatlarni dozasini pastroq qo‘llash kerak.
Sababi vegetatsiya paytida qo‘llanilganda doza yuqori bo‘lsa jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Muhammadjon Ismoilov, Milliy markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi kichik ilmiy xodimi
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube