Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_maslahat

Agro_maslahat
Urug‘lik paxtani terib olishda qanday talablar bor? Urug‘lik paxta asosan elita urug‘chilik xo‘jaliklarida va dastlabki urug‘likni ko‘paytirish xo‘jaliklarida hamda maxsus ilmiy-tadqiqot instituti filiallarida yetishtiriladi va maxsus yopiq omborlarda qoplarda saqlanadi. Yuqori avlodli super elita va elita urug‘lari qoplarda saqlanib tinim davrini o‘tkazadi. Urug‘lik chigit maxsus sexlarda dorilanib so‘ng ikki oy muddatda tinim davrini o‘tkazadi. Tayyorlangan chigit asosan tenderdan o‘tgan xo‘jaliklarda yuqori ball bonitetiga ega bo‘lgan maydonlarga ekiladi. Vegetatsiya davrida nazorat olib boriladi. Avgust oyida ishchi guruhi tuzilib, dalalar aprobatsiya qilinadi. Ko‘rikdan o‘tgan dalalar maxsus blanka (polosasi bor) bilan paxta tayyorlash shoxobchasiga topshiriladi. Terim jarayoni paxta 80-85 % ochilganda 3-9 yaruslardagi paxtalar terib olinadi. GOST me’yoriga asosan texnik paxtaga nisbatan qabul qilingan normativ asosida qabul qilinadi. Me’yordan oshiq 0,1 % namlik yoki ifloslik bo‘lsa texnik paxtaga o‘tkaziladi. Aprobatsiya davrida hosildorligi, nav tozaligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va albatta hosildorligiga e’tibor qaratiladi. Bularning barchasini bazis ko‘rsatkichi bor. Ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lsa hech ikkilanmay aprobatsiya komissiyasi yaroqsiz deb baholaydi. G‘aramlardagi paxta hajmi 250 tonnadan oshmasligi va II – kategoriyali brezentlar bilan qoplanishi va 7-12 kunda laboratoriya tahlillari olib borilishi talab qilinadi. Sara urug‘ jag‘arilishi uchun pastki 3-yarusgacha va yuqoriga 9-yarusdan paxta terib olimaydi. Bundan tashqari agar bo‘lak navlar chiqib qolsa yoki tipik bo‘lmagan nav uchrab qolsa ham terib olinmaydi. Imkoniyat bo‘lsa xirmon joylarda paxta quritilib topshirilsa “a’lo” bo‘ladi. Pishmagan yoki to‘liq ochilmagan va kasallangan paxtalar terilmasligi lozim. Tajribali terimchilar tanlab olinib ularga ustama haq to‘lanadi. Bu o‘z navbatida sifatli urug‘lik jamg‘arilishiga olib keladi. Ushbu tavsiya Milliy markaz tizimidagi Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etildi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.