Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"AGRO-TV" telekanalida uchrashuv

"AGRO-TV" telekanalida uchrashuv
⏩Bugun jurnalistika uchun ixtisoslashuv nihoyatda muhim. Sohaning sir asrorlarini professional tarzda xalqqa yetkazish, tomoshabin savollariga yetarlicha javob bera olish va shu bilan birga respondent darajasida fikrlash an'anaviy OAVda bir muncha oqsaydi. Chunki, axboriy janrlar muxbirlari bugun qishloq xo'jaligini yoritsa, ertaga u adliya sohasi haqida reportaj tayyorlaydi. Alohida ixtisoslashgan telekanalning ish boshlashi esa qishloq xo'jaligi uchun ayni zarurat edi. "AgroTV" jamoasi taklifiga binoan bugun Milliy markaz matbuot kotibi Charos Omonova telekanal rahbariyati bilan kelgusi rejalar, hamkorlikdagi loyihalar va AKIS faoliyati targ'iboti masalalarida suhbatlashdi. Qishloq xo'jaligi ilmini jamoatchilikka faol tanitish maqsadida "Ilmiy soat" "Fermerga maslahat" turkumidagi ko'rsatuvlarni tashkil etish bo'yicha takliflar muhokama qilindi. "AGRO-TV" telekanali tez orada test efirini boshlaydi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.