Agrar sohadagi yangi loyihalar muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2024-yilda amalga oshiradigan ishlari rejasi va yangi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyaylar Milliy markazi rahbariyati markaz va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning hududlardagi tajriba maydonlaridan 2024-yilda qanday foydalanish kerakligi, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanib kelayotgan olimlar va ilm ahlining salohiyatidan qay yo‘sinda foydalanganda nafaqat ilmiy tadqiqot institutlari uchun balki agrar soha vakillari va yurtdoshlarimiz uchun birdek manfaatli bo‘lishi ko‘zlangan loyihalarini taqdim etishdi.
Taqdimot chog‘ida vazir Ibrohim Abdurahmonov Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqqan holda bugun O‘zbekiston agrar sohasini tubdan o‘zgartirish lozimligi, agrar soha olimlari faqatgina tajriba maydonlarida emas, balki fermerlarning yer maydonlarida, dehqonlarning dalalarida o‘z tadqiqot ishlarini olib borishi lozimligini, bunda esa nafaqat ilm ahliga, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga ham birdek manfaat mavjudligini ta'kidlar ekan, ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirish, import o‘rnini bosadigan sifatli ekinlar urug‘larini o‘zimizda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hamda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash barobarida qishloq aholisining daromadlarini oshirish ekanligiga e'tibor qaratdi.
Shuningdek, taqdimot chog‘ida Qishloq xo‘jaligi akademiyasini tashkil etish loyihasi va uning vazirlik tizimidagi oliy ta'lim muassasalari bilan integrasiyasini ta'minlash masalalari ham muhokama qilindi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram