Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agrar sohada ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilandi

Agrar sohada ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilandi
Bugun Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida agrar sohada joriy yilda amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar hamda kelgusi yil uçun belgilangan ustuvor vazifalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği A. Vaxabov, içki işlar vaziri örinbosari S. Nişanbaev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari, şuningdek, qişloq xöjaligi vaziri örinbosarlari, vazirlikning departament va boşqarma boşliqlari hamda hududiy bölim boşliqlari iştirok etdi. Yiğilişda dastlab joriy yilda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilgan işlar, xususan, paxta yetiştiriş va hosilni yiğib-terib oliş jarayonlari tahlil qilindi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlaş hamda kelgusi yilgi mavsumga puxta tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muhokamalar davomida agrar sohada erişilgan natijalar bilan çeklanib qolmasdan, mavjud tajriba va imkoniyatlar asosida işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, işlab çiqariş jarayonlariga zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş hamda qişloq xöjaligining iqtisodiy samaradorligini oşiriş muhimligi ta’kidlandi. Şu nuqtayi nazardan, 2027-yilgi paxta ekiş mavsumiga tayyorgarlik köriş, ekiş va agrotexnik tadbirlarni taşkil etiş mexanizmlarini takomillaştiriş, hududlarning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqib, mos va yuqori hosildor navlarni tanlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Kelgusi mavsum uçun aniq rejalarni işlab çiqiş, mavjud resurslardan oqilona foydalaniş va hosildorlikni oşirişga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilaş yuzasidan tegişli yondaşuvlar körib çiqildi. Yiğilişda agrar sohada qöşimça qiymat yaratiş, yetiştirilayotgan mahsulotlarni çuqur qayta işlaş, yangi işlab çiqariş yönalişlarini rivojlantiriş va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalariga ham alohida urğu berildi. Şuningdek, qişloq joylarda aholi bandligini ta’minlaş, yangi iş örinlarini yaratiş va aholining daromad manbalarini kengaytiriş masalalari körib çiqildi. Agrar işlab çiqariş va unga boğliq tarmoqlarda mavjud imkoniyatlarni işga soliş, hududlarning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, bandlikni oşirişga xizmat qiladigan yönalişlarni rivojlantiriş böyiça kelgusi yil uçun rejalar aniq belgilab olindi. Kun tartibidan bioçar işlab çiqarişni takomillaştiriş, jut ekinini yetiştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida ekin maydonlaridan samarali foydalaniş va ularni kengaytiriş masalalari ham örin oldi. Muhokamalar davomida kelgusi yilgi rejalarni hududlarning tabiiy-iqlim şaroiti, mavjud resurslari va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib çiqib şakllantiriş, vazifalar ijrosini tizimli taşkil etiş hamda mas’ul taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Yiğiliş yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi. Asosiy e’tibor joriy yil natijalarini çuqur tahlil qiliş, kelgusi mavsumni puxta rejalaştiriş, hududlarga mos ekin navlarini tanlaş, qöşimça qiymat yaratiş imkoniyatlarini kengaytiriş, aholi bandligini ta’minlaş hamda agrar sohaning istiqbolli yönalişlarini izçil rivojlantirişga qaratildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.