Agrar sohada ilmiy integratsiya yangi bosqichda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va Gruziya Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati o‘rtasida zoom platformasi orqali onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida:
O‘zbekistonning mahalliy sharoitga mos, istiqbolli o‘rik payvandtaglari va pista navlarini Gruziyaga eksport qilish, evaziga Gruziyaning mashhur sara uzum navlari va sifatli payvand materiallarini jalb qilish;
Respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, zaytun yetishtirishga eng qulay mikrozonalarni ilmiy asosda xaritalashtirish va baholash;
Uzumchilik va vinochilik mahsulotlarini qayta ishlashda zamonaviy biotexnologik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba almashish masalalari haqida fikr almashildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube