Agrar soha yoshlari” respublika forumi bo‘lib o‘tmoqda!

"Zakovat Arena" intellektual o‘yinlar saroyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida “Agrar soha yoshlari” respublika forumi doirasida qishloq xo‘jaligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari yosh xodimlari o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida yosh talabalar so‘zga chiqib sohada erishayotgan yutuqlari va ilmiy izlanishlari haqida tengdoshlari bilan bo‘lishishdi.
Tadbirga qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashrif buyurishi kutilmoqda.
AKIS UZBEKISTAN